AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi

Ўзбекистон Президенти Хитойда Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тантанали тадбирда қатнашди.

'Shavkat Mirziyoyev Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi'ning rasmi

3 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrifi doirasida Pekin shahrida o‘tkazilgan harbiy paradda ishtirok etdi. Tantanali tadbir Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlandi.

Yigirmadan ortiq davlat rahbarlari qatnashgan paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi, zamonaviy harbiy texnika va qurollar namoyish qilindi. XXR Raisi Si Szinpin tinchlik va tarixiy xotiraning dolzarbligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidentining bu tadbirdagi ishtiroki mintaqaviy va global darajada do‘stlik, barqarorlik hamda konstruktiv mulokatni ilgari surishga qaratilgan tashqi siyosatining amaliy ifodasidir.

    Boshqa yangiliklar