AsosiyJamiyat

Namanganda fuqaro kaltaklanganigi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida profilaktika inspektori tomonidan fuqaro qiynoqqa solingani haqidagi xabarlar tarqaldi.

'Namanganda fuqaro kaltaklanganigi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

1991 yilda tug‘ilgan O.A. 14 avgust kuni oilaviy nizolar sabab ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan va profilaktik suhbatdan so‘ng uyiga qaytarilgan.

Oradan ikki kun o‘tib, fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashgan va u shifoxonaga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ichki ishlar vazirligi voqeani alohida nazoratga olib, rahbariyat boshchiligida maxsus ishchi guruh Namangaga yuborilganini ma’lum qildi. Tergov yakuniga ko‘ra aybdor xodimlarga qonuniy chora ko‘rilishi ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar