AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi

Yangiyoʻlda faoliyat yuritgan sex noqonuniy tarzda elektr tarmogʻiga ulanib, davlatga yirik zarar yetkazgan.

'Toshkent viloyatida 3 mlrd so‘mlik elektro‘g‘irligi fosh etildi'ning rasmi

“O‘zenergoinspektsiya” tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yakka tartibdagi tadbirkor “X. M.”ga tegishli bo‘lgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sexi elektrom tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi aniqlandi, noqonuniy elektr energiyasi sarfi fosh etildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, usbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 78 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar