AsosiyJamiyat

FIFA prezidenti O‘zbekistonga keladi

Janni Infantino "CAFA Nations Cup-2025" musobaqasining finalini stadiondan tomosha qiladi.

'FIFA prezidenti O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

Janni Infantino "CAFA Nations Cup 2025" musobaqasining final o‘yinini stadiondan tomosha qilish uchun O‘zbekistonga keladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Infantino O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda "CAFA Nations Cup 2025" musobaqasining final o‘yinini stadiondan kuzatish maqsadida tashrif buyuradi.

    Boshqa yangiliklar