AsosiyJamiyat

Тошкентда 6 мингдан ортиқ йўловчи автобусда йўлкира тўламагани учун жаримага тортилди

Yil boshidan beri 6182 nafar fuqaro yo‘l haqi to‘lamagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

'Тошкентда 6 мингдан ортиқ йўловчи автобусда йўлкира тўламагани учун жаримага тортилди'ning rasmi

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mart oyidan sentabrgacha bo‘lgan davrda Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘l haqi to‘lashdan bo‘yin tovlagan 6 mingdan ortiq yo‘lovchi aniqlandi.

Ularga nisbatan BHMning o‘ndan bir qismiga teng — 41 200 so‘mlik jarima qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 yanvardan boshlab poytaxt avtobuslarida faqat naqd pulsiz to‘lov tizimi amal qiladi.

14 martdan esa ushbu tartibni buzganlarga nisbatan jarima qo‘llash boshlandi.

Yo‘lovchilarga QR-kodli chiptani safar davomida saqlab turish, shuningdek, 10 dan ortiq turli usullar orqali yo‘l haqi to‘lash imkoniyati mavjudligi eslatib o‘tildi.

    Boshqa yangiliklar