AsosiySiyosat

Sherzod Asadov BMT rasmiylari bilan uchrashdi

Xoʻsh, Prezident matbuot kotibi Nyu-York shahrida BMT bosh kotibining global kommunikatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari bilan nimani muhokama qildi?

'Sherzod Asadov BMT rasmiylari bilan uchrashdi'ning rasmi

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, suhbat chog‘ida barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, yolg‘on axborotga qarshi kurashish va yoshlarni global tashabbuslarga jalb qilish borasidagi loyihalar muhokama qilingan.

Shuningdek, strategik kommunikatsiyalarni kuchaytirish, OAV bilan hamkorlikni kengaytirish va jurnalistlar uchun ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgan.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi Jurnalistika va ommaaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini BMTning UN Academic Impact dasturiga qo‘shish tashabbusi ilgari surilgan.

Bundan tashqari, yosh jurnalistlarni tayyorlash, yolg‘on axborotga qarshi kurashish va BMT stajirovkalari doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish hamda BMT Global kommunikatsiyalar departamenti vakillarining O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan kelishuvga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar