2025-yil 10-iyul kuni u qo‘l ostida ishlovchi xodimasiga Telegram orqali ikkita pornografik video yuborgan. Sudda Abdurasulov bu ishini tasodif deb atab, aslida hujjatlarni jo‘natmoqchi bo‘lganini, xato qilganini tan olib pushaymonligini bildirgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudi uning aybini isbotlangan deb topdi va Ma’muriy javobgarlik kodeksining 189-moddasiga asosan 18 million 750 ming so‘m jarima belgilandi.
Bundan avval — 4-sentyabr kuni Forish tumanida o‘xshash ish bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, aybdorning mobil telefoni musodara qilingan va xotirasidagi pornografik fayllar o‘chirib tashlangan edi. Ammo Abdurasulov ishi bo‘yicha sud qarorida telefon musodara qilinishi yoki kontent o‘chirilishi haqida biron band qayd etilmadi.






