AsosiySiyosat

Mirziyoyev Kongress vakillari bilan nimalarni muhokama qildi?

Uchrashuvda strategik sheriklik, parlamentlararo muloqot va yangi tashriflar haqida gaplashildi.

'Mirziyoyev Kongress vakillari bilan nimalarni muhokama qildi?'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi yubiley sessiyasi doirasida AQSH Kongressi aʼzosi Trent Kelli va Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Bobbi Jinni bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbatda Oʻzbekiston—AQSH strategik sherikligini kengaytirish, parlamentlararo mulokatni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yaqin vaqtlarda Kongress delegatsiyasi hamda Missisipi ishbilarmonlari Oʻzbekistonga tashrif buyurishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar