11 aprel kuni Samarqandda 28 yoshli haydovchi Lacetti mashinasini piyodalar ustiga haydab, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi. Voqea oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir nechtasi tan jarohati oldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi ushu ishni ko‘rib chiqdi. Sud qaroriga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi hamda 3 yilga transport boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Surxondaryoda ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergan, Damas haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan to‘rt kishini urib yuborgan edi.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 14:44
Sirdaryoda yashash xonadonida psixotrop va giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs fosh bo‘ldi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jamiyat Bugun 13:24
Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn xaritada tekshirish mumkin
O‘zbekistonda qurilayotgan ob’yektlar haqida ma’lumot olish uchun onlayn-xarita ishga tushdi.

Jamiyat Bugun 11:58
Fargʻonada ikki ayol mast holida jamoat tartibini buzdi
Ayollarga qonuniy chora koʻrish maqsadida ish materiallari sudga yuborilgan.

Jamiyat Bugun 10:05
Toshkent viloyatida fuqaroning uyiga bostirib kirib, pul talab qilgan IIV xodimlari qo‘lga tushdi.
Gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

Jamiyat Bugun 09:08
Mirziyoyev Rossiyaga yetib bordi
Shavkat Mirziyoyevni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov kutib oldi.

Jamiyat Bugun 08:17
Bugun qaysi hududlarda qor yog‘ishi ma’lum bo‘ldi
21 dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.
