Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Cobalt va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa 13 iyul kuni soat 22:45 larda Uchtepa tumanidagi Izza mahallasi hududida joylashgan Poyg‘oh ko‘chasida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi qarshi harakatlanish yo‘lagiga chiqib ketgan va o‘z yo‘nalishida kelayotgan, 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YHXB haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga, o‘zining va boshqalarning hayoti hamda salomatligiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.






