Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga ta’lim olish uchun xorijdan kelgan talabalar soni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, shu yilning so‘nggi 8 oyida O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida 14 216 nafar talaba kirib kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 179 nafarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 28,8 foizni tashkil etadi.
Eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgani qayd etilgan bo‘lsa, (4 603 nafar) eng kam talabalar Janubiy Afrika Respublikasidan (98 nafar) kelgan.
Shuningdek, O‘zbekistonga kelgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:
Turkmaniston – 4 603 nafar;
Hindiston – 3 477 nafar;
Tojikiston – 1 392 nafar;
Xitoy — 710 nafar;
Pokiston – 700 nafar;
Janubiy Koreya – 553 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi – 333 nafar;
AQSh – 319 nafar;
Filippin – 245 nafar;
Turkiya – 233 nafar;
Afg‘oniston – 226 nafar;
Misr – 203 nafar;
Rossiya – 121 nafar;
Buyuk Britaniya – 110 nafar;
JAR – 98 nafar;
Boshqa davlatlar – 893 nafar.