AsosiyBu qiziq

Fikrni o'qiyadigan qurilma yaratildi

Ushbu miya faoliyati ma'lumotlarini to'plash va tahli qilish uchun mo'ljallangan.

'Fikrni o'qiyadigan qurilma yaratildi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi fikrlarni o‘qishga qodir bo‘lgan taqiladigan qurilmani ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniya veb-saytidagi matbuot xabarida ma'lum qildi.

Ear-EEG deb nomlangan qurilma quloqqa oddiy simsiz quloqchin kabi taqiladi. Elektroensefalografiya (EEG) asbobi Janubiy Koreyaning Hanyang universiteti olimlari bilan hamkorlikda yaratilgan. U miya faoliyati ma'lumotlarini to‘plash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, laboratoriyadan tashqarida ham qo‘llanishi mumkin. Hozirgi vaqtda Ear-EEG ishlaydigan prototip bosqichida turibdi.

IT-gigant vakillari gadjetni qo‘llashning bir nechta sohalarini ko‘rib chiqmoqda. Undan ta'lim sohasida miyaning diqqatni jamlash qobiliyati va charchoq darajasini baholash uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, elektroensefalografiya uchun ixcham qurilmani marketingda qo‘llash imkoniyati mavjud. Misol tariqasida, tadqiqot ishtirokchilari orasida undan foydalanilgan: ularga videoroliklar ko‘rsatilgan, so‘ngra ular respondentlarga yoqishi yoki yoqmasligi haqida ma'lumot to‘plangan.

Qurilma sun'iy intellekt asosida ishlaydi. Samsung mutaxassislarining ta'kidlashicha, sinovlar paytida Ear-EEG aniqligi 92,86 foizga yetgan. Samsung qurilmaning to‘liq ishlaydigan versiyasini qachon chiqarishi hozircha noma'lum.

Bundan avval Samsung yangi Movingstyle nomli “aqlli” televizorni taqdim etgandi. Movingstyle — bu 27 dyumli sensorli ekranli smart televisor bo‘lib, QHD (2K) tasvir aniqligi va 120 Hz yangilanish tezligiga ega. Unging g‘ildirakli tayanch qismi ham bo‘lib, ekran balandligi, qiyaligi va joylashuvini sozlash imkonini beradi. Shuningdek, ekran tayanchdan ajratilib, mustaqil portativ displey sifatida ham ishlatilishi mumkin. Maxsus tutqich esa televizorni ko‘tarib yurishni osonlashtiradi.

    Boshqa yangiliklar