Sud hujjatlariga ko‘ra, huquqbuzar L.O. 2025 yil 26 sentyabr kuni Chilanzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 50-uyda joylashgan MCHJ hududida bo‘la turib, S.K. ismli ayolning ko‘krak qismiga teginib, sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud majlisida L.O. yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu holatlar boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan unga nisbatan jazo tayinlashda yengillik berishni so‘ragan.
L.O. O‘zbekiston MJtK 41-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.