AsosiySiyosat

Oxford universitetida o‘zbek tili o‘rgatiladi

Saida Mirziyoyeva tashrifi chog‘ida o‘zbek va qadimgi o‘zbek tillari o‘qitilishi boshlanganini ma’lum qildi.

'Oxford universitetida o‘zbek tili o‘rgatiladi'ning rasmi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida Oksford universitetida bo‘ldi.

Unda ma’lum qilinishicha, universitetning "Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari" fakultetida o‘zbek va qadimgi o‘zbek tillari o‘qitilishi boshlandi.

“Bu yangilikni quvonch va g‘urur bilan qabul qilaman”, — dedi Saida Mirziyoyeva. Tashrif doirasida u universitet tomonidan mukofot bilan taqdirlandi.

"Bu mukofotni O‘zbekistonda prezident rahbarligida xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi yutuqlarning e’tirofi sifatida qabul qilaman", — deya ta’kidladi u.

O‘zbek delegatsiasi shuningdek, Oksfordning mashhur Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan “Ziji Qoragoniy”, “Xamsa”, “Devoni Husayniy” kabi noyob asarlar va Boburiylar davriga oid miniatyuralar bilan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar