AsosiyBu qiziq

O'zbekistonda ayollar ko'p umr ko'radimi yoki erkaklar?

Ko'pchilikni qiziqtirgan savolga javob berildi.

'O'zbekistonda ayollar ko'p umr ko'radimi yoki erkaklar?'ning rasmi

O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 90 yosh va undan katta fuqarolar soni 18 915 nafarni tashkil etdi. Ularning 66,3 foizi ayollar, 34,6 foizi esa erkaklardir.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining ma’lumotiga ko‘ra, eng ko‘p uzoq umr ko‘ruvchilar Farg‘ona (2582 nafar), Toshkent shahri (2155 nafar) va Qashqadaryo (2011 nafar) viloyatlarida yashaydi. Mutaxassislar 2030 yilgacha bu ko‘rsatkich ikki baravar oshib, 44 ming nafardan ortishini prognoz qilmogda.

Uzoq umr ko‘rishning asosiy omili sifatida ijtimoiy faollik tilga olinmogda – so‘rovda qatnashganlarning 76,3 foizi faol hayot tarzi insonni sog‘lom saqlashini ta’kidlagan.

Farg‘onalik 130 yoshli Huvaydo momo (1895 yilda tug‘ilgan) O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ fuqaro sifatida e’tirof etilgan. U haqda rasmiy tug‘ilish yozuvi mavjud emasligi sababli sud orqali tug‘ilganlik faktini belgilash jarayoni amalga oshirilgan.

Huvaydo momo Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishi mumkinligi aytilmogda.

    Boshqa yangiliklar