AsosiySiyosat

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt rivojlanishi muhokama qilindi

Prezident "Sun'iy intellekt yangi tsivilizatsiya bosqichi ekanligini" ta'kidladi.

'Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt rivojlanishi muhokama qilindi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21 oktyabr kuni sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Davlat rahbari bu texnologiyalar barcha sohalarga kirib borayotganini ta'kidladi.

“Kim bu jarayonda faol bo'lsa, bir qadam oldinda bo'ladi. Marra shuniki bo'ladi”, — dedi Prezident.

Ma'lumotga ko'ra, dunyo iqtisodiyotida sun'iy intellekt hajmi 2030 yilga borib 20 trillion dollardan oshishi kutilmokda.

O'zbekistonda so'nggi yilda 30 dan ortiq pilot loyiha yo'lga qo'yildi. Maxsus strategiya qabul qilindi, Raqamli texnologiyalar vazirligi tarkibida alohida markaz faoliyat boshladi.

Shuningdek, mamlakati sun'iy intellektga tayyorgarlik bo'yicha xalqaro reytingda 17 pog'ona yuqorilab, dunyoda 70-o'rinni, Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar