Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan voyaga yetmaganlar uchun jinoyiy javobgarlik liberallashtirilmokda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, endilikda 18 yoshga to‘lgunigacha sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanadi.
Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin o‘n sakkiz yoshga to‘lgunigacha qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno.
Shu bilan birga, voyaga yetmaganlar nisbatan ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.
Ushbu qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.






