AsosiySiyosat

Prezident haftani iqtisodiy yig‘ilish va muhim uchrashuvlar bilan boshladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiyotda joriy yil yakunlari hamda 2026 yilga mo‘ljallangan asosiy ko‘rsatkichlar muhokama qilinmoqda.

'Prezident haftani iqtisodiy yig‘ilish va muhim uchrashuvlar bilan boshladi'ning rasmi

Kunning ikkinchi yarmida Prezident AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Sergio Gor bilan uchrashadi.

Shuningdek, haftaning davomida davlat rahbari Samarqandda o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etadi.

U yerda madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga tashrif buyurib, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar