AsosiyBu qiziq

O‘zbekistonga 9 oyda qancha sayyoh kelgani aytildi

Xo'sh, dam olish maqsadida qaysi davlatdan ko'proq sayyoh mamakatga kelgan?

'O‘zbekistonga 9 oyda qancha sayyoh kelgani aytildi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida qariyb 8,6 million chet ellik fuqarolar turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 million nafarga yoki 49,3 foizga ko‘p.

Sayyohlar asosan quyidagi mamlakatlardan kelgan:

Qirg‘iziston – 2,4 mln

Qozog‘iston – 2 mln

Tojikiston – 1,9 mln

Rossiya – 757 ming

Afg‘oniston – 343 ming

Turkmaniston – 275 ming

Xitoy – 177 ming

Turkiya – 130 ming

Hindiston – 56 ming

Janubiy Koreya – 35 ming

Boshqa davlatlar – 435 ming kishi.

Turizm oqimining bunday o‘sishi O‘zbekistonning xalqaro sayyohlik markaziga aylanish yo‘lidagi izchil islohotlar bilan izohlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar