Ekologiya vazirligining ma'lum qilishicha, Toshkentning Yakkasaroy tumanida 174 tup daraxt va buta noqonuniy kesib tashlangan. Dastlab 144 tup dey aytilgan bo'lsa-da, keyingi o‘rganishlarda bu raqam oshgani aniqlandi.
Holat yuzasidan ekologiya inspektorlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilib, atrof-muhitga yetkazilgan zarar 1 milliard 460 million so‘mdan ortiq deb baholandı.
Toshkent shahar hokimligi voqeani o‘z nazoratiga olganini bildirgan. Aybdor mansabdorlarga nisbatan qonunchilik asosida chora ko‘rilishi, kesilgan daraxtlar o‘rniga esa 62 mingdan ortiq ko‘chat ekilishi aytilmogda.
Rasul Kusherbayevga ko‘ra, daraxtlar hokim o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov topshirig‘iga binoan, tungi paytda kesilgan — bu esa Prezident farmoni bilan joriy etilgan moratoriyni buzish hisoblanadi.






