28-oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etgan.
Ikki davat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng davat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.






