1

Aktrisa Pamela Anderson o`ziga xos sovg`a egasiga aylandi

Dunyo 17.12.2016, 12:56
Aktrisa Pamela Anderson o`ziga xos sovg`a egasiga aylandi

Rossiya prezidentining tabiatni asrash masalalari bo`yicha maxsus vakili Sergey Ivanov amerikalik aktrisa Pamela Andersonga o`ziga xos sovg`a hadya etdi, deb xabar berdi,  “Tvzvezda.ru” nashri. 

So`nggi paytlarda Gollivud yulduzi Pamella Anderson  hayvonlarni  himoya qilish bo`yicha faol harakat qilayotgani tufayli, rossiyalik siyosatchi unga Uzoq Sharq leopardi tasvirlangan taqvimni sovg`a qildi.

Bu sovg`ani Anderson Hayvonlarni himoya qilish xalqaro jamg`armasi rahbari Azzedin Dauns bilan uchrashganda qabul qilib oldi. Bu uning Ivanovdan olgan ilk sovg`asi emas. Pamela Anderson 2015 yilda Rossiyaga qilgan tashrifi vaqtida Ivanov unga 4 yoshli urg`ochi, Uzoq Sharq leopardini boqish  huquqini beruvchi sertifikat topshirgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1