Farg`ona viloyati Qo`qon shahar ichki ishlar bo`limiga Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli fuqaro murojaat qilib, Bog`iston ko`chasida joylashgan yuk avtomashinalari turar joyida o`zining "Isuzu" rusumli avtomashinasida dam olib o`tirgan vaqtida uni shu shaharda yashovchi ikki notanish fuqarolar mast holatda kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, pul talab qilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu sodir etilgan talonchilik to`liq fosh etilib, gumonlanuvchilar qo`lga olindi. Ular shu shaharda yashovchilar 36 va 26 yoshli fuqarolar ekan. Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.