AsosiyJamiyat

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi

Changan va Equinox avtomobillari o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi.

'Toshkentda YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Poytaxtning Yashnobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yilning 1 noyabr kuni taxminan soat 16:30da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan. Yo‘l-transport hodisasi Changan va Equinox rusumli avtomobillar to‘qnashuvi natijasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar YTXXB xodimlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar