1

Yog` etishmasligi odamni xayolparast qiladimi?

Salomatlik 19.12.2016, 10:42
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Yog` etishmasligi odamni xayolparast qiladimi?

Aynan yog`lar bizning tanamizni mayin qilib, sochlarimizni yaltiratib turadi. Organizmda yog`ning ko`payishi semizlikka olib keladi va yurak-qon tomirlariga zarar etkazadi.

Yog`lar asosan gliserin va yog`li kislotalardan tashkil topgan. Yog` kislotalari deb to`rt atomdan oshmagan uglevodorod zanjiriga to`yingan karbon kislotalariga aytiladi. U deyarli barcha organizmda uchraydi. Yana shunday yog`lar ham borki, ular erkin yog`lar deyiladi va oddiy qonda ko`rinadi. Tabiatda yog`lar o`simlik hamda hayvonlar organizmidan olinadi.

Ko`pgina yog`li kislotalar bir yoki bir nechta qorishmalarga egadir. Eng ko`p tarqalgan yog` oleinli va linolevadir. Uch xil yog` kislotasi mavjud: omega-3, omega-6, omega-9. Ushbu yog` kislotalari turli o`simlik va hayvonlarda uchraydi.

To`yingan yog`li kislota omega-3ning etishmasligidan ko`z nurining xiralashadi, muskullarda nuqsonlar paydo bo`ladi, qo`l va oyoq harakatlari susayadi. Bolalarda yaxshi o`smaslikka sabab bo`ladi. Bu kislotani baliq, skumbriya, seld, sardina, tunes, forel, losos, kefal, paltus, okun, karp, kalmar, anchous kabilarda uchratish mumkin. Shuningdek, bu yog`ning etishmasligi insonni har xil yomon xayollar og`ushida bo`lishiga olib kelar ekan. Aksincha, u bilan to`yingan odamning kayfiyati esa hamisha chog`.

O`simliklardan oshqovoq urug`ida, eryong`oq to`q yashil rangli bargi bor sabzavotlarda, uzum urug`ining yog`ida, kunjut va soya yog`da uchraydi.

Omega-6 kislotasi tana quruqligining oldini oladi. To`qima membrananing o`rtacha holatini qo`llab-quvvatlaydi, jigardagi yog` infiltrasiyasini yaxshilaydi. Bu kislotaning etishmasligidan soch to`kiladi. U ham omega-3 mavjud o`simlik va hayvonlar organizmida uchraydi.

Omega-9 keng tarqalgan yog` kislotasidir. Organizm uni sintez qilishi mumkin, biroq uni ovqatlar bilan iste`mol qilgan ma`qul. Ushbu kislota xolosterin oshishiga yo`l qo`ymaydi. Bu kislotaning etishmasligidan tez charchash, tana qurishi, ichning dam bo`lishi, tirnoq sinish holatlari yuzaga keladi. Bu yog`ni zaytunda va bodom yog`ida uchratishi mumkin.

To`yingan yog`lar tanaga ozuqa hisoblanadi. Yog` insonga quvvat beradi. Qo`shimcha kuch bag`ishlaydi va tanani isitadi.

Organizm uchun katta zarar etkazadigan trans yog`lar ham mavjud. Ular tanadagi xolosterin miqdorini oshiradi. Trans yog`lar tabiiy mahsulotlarda, xususan, sut va go`shtda uchramaydi. Margarin va shunga o`xshash surtma yog`lar trans-yog`lardir. Bu yog`lar tufayli ayrim mahsulotlarning yaroqlilik muddati uzayadi. Aksariyat tadqiqotchilar trans yog`lar 6-7 gramdan oshmasligirni ta`kidlashadi. Uglevodlarning organizmda ko`payishi ham yog`ning ortishiga olib keladi. Trans yog`lar organizm uchun juda katta zarardir. Ular asosan fast-fud, qandolat mahsulotlari va qovurma ovqatlarda ko`p uchraydi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, trans-yog`lar o`ndan ziyod kasalliklarni keltirib chiqaradi. Biz yog`lardan emas, aynan trans-yog`lardan o`zimizni asrashimiz kerak.

Zilola JALOLOVA tayyorladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1