1

Krasnoyarskda sirkda ayolga qoplon hujum qildi

Dunyo 19.12.2016, 11:26
Krasnoyarskda sirkda ayolga qoplon hujum qildi

Rossiyaning Krasnoyarsk o`lkasidagi Bogotol shahar kasalxonasiga shapito-sirkida qoplon hujum qilgani tufayli qo`lidan jarohat olgan ayol murojaat qildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, voqea shapito-sirkida tomosha o`tkazilayotganda ro`y bergan. Tomoshaga kelgan ayol olti yoshli o`g`lini qoplondan himoya qilaman, deb qo`lidan jarohat olgan. O`lka polisiyasi mazkur hodisa yuzasidan surushtiruv ishlarini olib bormoqda.

“Ayolning ahvoli o`rtacha og`irlikda, uning qo`li bir necha joydan tikildi. Bemorni viloyat markaziga yuborishning hojati yo`q. Hozirda u kasalxonada davolanmoqda”, deb ma`lumot berdi o`lka sog`likni saqlash boshqarmasi vakili.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1