1

“Oskar” mukofotining eng yaxshi maxsus effektlar nominasiyasi 10 da`vogar filmi e`lon qilindi

Dunyo 19.12.2016, 14:35
“Oskar” mukofotining eng yaxshi maxsus effektlar nominasiyasi 10  da`vogar filmi e`lon qilindi

Nomzodlar orasida Disney kompaniyasi va uning bo`limlarining 5 ta filmi bor, deb xabar berdi “Regnum.ru” nashri.

AQShda “Oskar” mukofotining “Eng zo`r vizual effektlar” nominasiyasiga da`vogar bo`lgan 10 filmning nomi e`lon qilindi. Da`vogarlar ro`yxatiga  Gollivud filmlari bilan bir qatorda Laika Entertainment  tomonidan suratga olingin “Kubo: samuray haqida afsona” animasion filmi ham kiritildi.

10 nafar da`vogar filmdan 5 nafari Disney kompaniyasi va uning bo`limlari yaratgan filmlardir. Bular “Ilk qasoskor: yuzma-yuz” fantastik filmi, Maugli haqidagi “Jungli kitobi” filmi, “Doktor Strenj” super jangari filmi, oilaviy tomoshaga mo`ljallangan “Ulkan va mehribon bahodir”, shuningdek, koinot afsonalariga bag`ishlangan “Yolg`iz qochqin. Yulduzlar jangi” filmlaridir. 

Bundan tashqari ro`yxatga  “Chuqur suv osti ufqi”, “Yo`lovchilar”, “Etib kelish” va “Fantastik maxluqlar: ular qaerda yashaydi?” filmlari ham kiritilgan. Finalga chiqadigan 5 film Amerika kinoakademiyasi  a`zolari tomonidan 2017 yilning 7 yanvar kuni aniqlanadi. Qo`mita vakillari vizual effektni aniqlash maqsadida har bir filmdan 10 daqiqaga mo`ljallab olingan lavhalarni tomosha qiladi.

24 yanvar kuni “Oskar-2017” g`oliblari e`lon qilinadi. Nufuzli mukofot esa 2017 yilning 24 fevralida g`oliblarga topshiriladi. “Oskar”ning 89-chi tantanali marosimini Jimmi Kimmel olib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1