Kóksaroy qarorgohida Ózbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedovning muzokaralari ikki mamlakat delegaciyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyev qóshni davlat rahbarining tashrifi ikki xalq órtasidagi kóp asrlik dóstlik va yaxshi qóshnichilik rishtalari mustaxkamligining yórqin tasdigi ekanini ta'kidladi.
Muzokaralarda Ózbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirish masalalari atroflicha kórib chiqildi. Savdo, transport, energetika va suv xojaligi kabi muhim yónalishlarda amalga oshirilgan ishlarga yuqori baho berildi. Prezident Mirziyev sónggi yillarda ikki davlat órtasida erishilgan yutuqlarda Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuxamedovning hissasi katta ekanini qayd etdi.
Sóngi yillarda ózaro savdo hajmi ikki baravar oshib, 1 milliard dollardan oshib ketgani ta'kidlandi. Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, maxsulot turini kengaytirish va erkin savdo mexanizmlaridan samarali foydalanish orqali bu kórsatkichni 2 milliard dollarga etkazish mumkinligi bildirildi. Shuningdek, "Shovot–Toshhovuz" chegarasavdo zonasining ishga tushirilishi tovar ayirboshlashni jadallashtirayotgani qayd etildi. Tomonlar ushbu tajribani "Olot–Farab" hududida ham joriy etishga kelishib oldi.
Sanoat kooperaciyasini kengaytirish maqsadida qurilish materiallari, farmacevtika, oziq-ovqat maxsulotlari va talab yuqori bólgan boshqa tovarlarni ishlab chiqarish boyicha yangi qóshma loyihalarga biznesni faol jalb qilish zarurligi aytildi. Energetika sohasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli davom etayotgani, endilikda istiqbolli konlarni birgalikda ózlashtirish boyicha yirik loyihalarga ótish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.
Transport yónalishida ham muhim kelishuvlarga erishildi. Yuk tashish hajmi ósib borayotgani, bojxona-logistika jarayonlari soddalashtirilayotgani ta'kidlandi. Tomonlar Turkmanboshi portini birgalikda rivozhlantirish va Toshkent hamda Ashxobod órtasida tóǵridan-tóǵri aviaqatnovlarni qayta tiklashga kelishib oldilar.
Muzokaralarda gumanitar yónalishdagi hamkorlikka ham alohida e'tibor qaratildi. Yaqinda Urganch va Toshkentda ótkazilgan Turkmaniston madaniyati kunlari va filmlar namoyishlari ikki xalq órtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilgani aytildi. Tomonlar ózaro kontsertlar, teatr jamoalarining ijodiy safarlarini yólga qóyish, Xivada Yoshlar forumini ótkazish va qóshma filmlar ishlab chiqarishni davom ettirishga kelishib oldi.
Soǵligni saqlash sohasida ham almashinuvlarni kuchaytirish, tibbiyot mutaxassislari tajribasini órtoqlashishga doir rejalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari erishilgan barcha kelishuvlarni amalga oshirish boyicha keng qamrovli "yól xaritasi"ni ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdilar.






