AsosiyJamiyat

Eron yog'ingarchilik chaqirish operatsiyasini boshladi

Eron qurg'oqchilikka qarshi kurash doirasida ilk bor Urmiya ko'li hududida bulut ekish amaliyotini o'tkazdi.

'Eron yog'ingarchilik chaqirish operatsiyasini boshladi'ning rasmi

Eron hukumatı uzoq davom etayotgan qurgʻoqchilik sharoitida sunʼiy yomgʻirgarlik chaqirish uchun "bulut ekish" operatsiyalarini boshladi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakat shimoli-gʻarbidagi Urmiya koʻli havzasida joriy mavsumda ilk bor bunday tajriba oʻtkazilgan.

Qayd etilishicha, Eronning eng yirik koʻli sanalgan Urmiya qurgʻoqchilik sabab deyarli qurib, keng tuzli hududga aylangan.

Hukumat ushbu jarayonni sekinlashtirish uchun boshqa viloyatlarda ham bulut ekish amaliyotlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar