AsosiyJamiyat

Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi

Roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar uchun test sinovlari 11 dekabrgacha oʻtkaziladi.

'Xorijiy va nodavlat OTMlardagi boʻsh grant oʻrinlari uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilindi'ning rasmi

25 noyabrdan 4 dekabrgacha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantidan bo‘sh qolgan o‘rinlar bo‘yicha abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025–2026 o‘quv yili uchun respublika hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan davlat granti o‘rinlarining band bo‘lmagan qismi bo‘yicha qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan, mazkur OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasida 4 dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 11 dekabrgacha o‘tkaziladi. Test sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyentning shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. Imtihonda ishtirok etish uchun ruhsatnoma ham o‘sha sahifadan yuklab olinadi.

    Boshqa yangiliklar