AsosiyJamiyat

Shayxontohurda 2 qavatli do'kon yonib ketdi

Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borgan.

'Shayxontohurda 2 qavatli do'kon yonib ketdi'ning rasmi

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ikki qavatli do‘konda chiqqan yong‘in qisqa fursatda o‘chirildi, tan jarohati olganlar yo‘q.

Poytaxt FVB xabariga ko‘ra, 26-noyabr kuni soat 14:54 da Istihohat ko‘chasida joylashgan ikki qavatli binoda yong‘in yuzaga kelgani haqida 112 tizimiga xabar berilgan.

Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi etib borib, olov 15:09 da nazoratga olingan va 15:15 da to‘liq o‘chirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida taxminan 100 kvadrat metr maydon zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor harakatlari sabab olovning kengayishiga yo‘l qo‘yilmagan. Sabablar va etkazilgan zarar miqdori aniklanmoqda. Hodisada jabrlanganlar qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar