AsosiyDunyo

O‘zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

27 noyabr kuni Toshkentda yangi tayinlangan bir qator davlatlarning favqulodda va muxtor elchilari ishonch yorliqlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga topshirdi.

'O‘zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi'ning rasmi

Marosimda Gretsiya, Indoneziya, Latviya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya va Tojikiston elchilari ishtirok etdi.

Prezident yangi rahbarlarga o‘z missiyalarida muvaffaqiyat tilab, bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda diplomatik hamkorlikning yanada muhim ahamiyat kasb etayotganini ta'kidladi.

O‘zbekistonning tashqi siyosiy yutuqlari qayd etildi

Davlat rahbari so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilgan tub islohotlar va xalqaro nufuz oshganini qayd etdi:

BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilingan;

Barqaror rivojlanish indeksda O‘zbekiston 19 pog‘ona ko‘tarilgan;

Kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizga tushgan;

Tashqi savdo aylanmasi ilk bor 66 mlrd dollardan oshgan;

100 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etilgan.

Har bir mamlakat bilan ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilindi

Gretsiya. Savdo hajmi besh barobar o‘sgan. Energetika, farmatsevika, IT va transport sohalarida hamkorlik kengaymoqda. Toshkentda o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiya va biznes forumi muhim ahamiyat kasb etadi.

Indoneziya. Savdo aylanmasi 60 foizga oshgan. Dekabrda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnolar yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yili siyosiy maslahatlashuvlar va biznes forumlar o‘tkaziladi.

Latviya. Eksport va qo‘shma korxonalar soni 3 barobar ko‘paygan. Migratsiya bo‘yicha kelishuv va aviaqatnolarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Fransiya. Munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. 10 mlrd dollarlik loyihalar kelishilgan. Qo‘shma universitet faoliyat boshlagan. Kelasi yili investitsiya kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Rossiya. Strategik ittifoqchilik doirasida savdo hajmi 12 mlrd dollarga yaqinlashdi. 3 mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Hududlararo muloqotni faollashtirish lozimligi ta'kidlandi.

Yaponiya. 8 mlrd dollarlik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. "Expo-2025" doirasida O‘zbekiston Milliy kuni o‘tkazildi. Kelasi oyda Tokioda oliy darajadagi muzokaralar bo‘ladi.

Tojikiston. Munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgan. Savdo hajmi besh barobar oshib, 1 mlrd dollarga yaqinlashdi. Chegaraoldi savdo zonalari tovar ayirboshlashni yanada oshirishi qayd etildi.

Marosim yakunlari

Prezident elchilardan ishbilmondon doiralar, hududlar va xususiy sektor bilan faol hamkorlik qilishni so‘radi. Diplomatlar esa mamlakatimizdagi ochiq va samarali faoliyat uchun sharoat yaratilgani uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ta'kidladi.

    Boshqa yangiliklar