AsosiyShou-biznes
13071

Farhod Alimov “Namaste” klipi taqdimot marosimida Rayhonga atab qo`shiq kuyladi(Foto va video)

19 dekabr, dushanba kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon poytaxtdagi restoranlardan birida "Namaste" qo`shig`iga ishlangan yangi klip taqdimotini o`tkazdi. Taqdimot marosimida xonandaning yaqinlari, OAV va Rayhonning hamkasblari Rashid Xoliqov, Manzura va Ziyoda ishtirok etishdi. Xonanda Manzura intervyularidan birida shou-biznes olamidan Rayhon bilan gaplashmasligini aytib o`tgan edi. Nihoyat ular yarashib olgan ko`rinadi. Kechada Manzura va Rayhon bir-biri bilan juda iliq munosabatda bo`lishdi. 

“Sayyod.com”ning ma`lum qilishicha, Rayhon klip taqdimoti bahonasida mini konsert o`tkazgan. Taqdimot marosimida xonanda bir nechta qo`shiq ijro etgan. 

Tadbirda Rayhonning turmush o`rtog`i Farhod Alimov unga atab qo`shiq kuyladi. Aslida sahnada “Juliya” qo`shig`ini ijro etayotgan Farhod Alimov qo`shiq naqarotida improvizasiya qilib, “Rayhon” deya kuyladi.   

Klip taqdimot marosimidan videoni quyida tomosha qilishingiz mumkin.

 













Boshqa yangiliklar