AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.

Prezidentning “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Qo‘riqlash tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.

'Milliy gvardiya tarkibidagi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi.'ning rasmi

Qarorga ko‘ra, Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tugatilib, uning o‘rniga Ichki ishlar vazirligi huzurida Qo‘riqlash departamenti tashkil etildi. Yangi departament zimmasiga bir qator ustuvor vazifalar yuklanadi. Jumladan:

Davlat, toifalangan va boshqa muhim ob’ektlar, shuningdek, ta’lim muassasalari va fuqarolarning mulkini zamonaviy texnologiyalar asosida qo‘riqlash;

qo‘riqlanayotgan ob’ektlarda ichki tartib va nazorat rejimini ta’minlash;

qo‘riqlash jarayoniga axborot-kommunikasiya vositalari va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish.

Qarorda qayd etilishicha, 2026 yil 1 yanvardan boshlab qo‘riqlovga olingan banklar, yirik ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy hokimliklar va boshqa ob’ektlarning kirish-chiqish nuqtalariga yuz aniqlash imkoniyatiga ega texnik vositalar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

    Boshqa yangiliklar