AsosiyJamiyat

Shahzoda Muhammadovа “Imarat Development” bilan bog‘liq e‘tirozlarga munosabat izlab, mijozlar fikrini o‘rgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Marat Xayrullayevich Hamdamov nomi bilan bog‘langan “Imarat Development” qurilish kompaniyasidan uy xarid qilgan fuqarolar pulini ololmayotgani haqidagi murojaatlar keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

'Shahzoda Muhammadovа “Imarat Development” bilan bog‘liq e‘tirozlarga munosabat izlab, mijozlar fikrini o‘rgandi.'ning rasmi

Ayrimlar shartnomani bekor qilgan, biroq va'da qilingan pul oylar davomida qaytarilmagani aytiladi. Kompaniya esa kechikishlarni "ichki jarayonlar" bilan izohlamoqda.

Mijozlar bildirayotgan fikrlarga ko'ra, 2023–2024 yillarda turar joy loyihalaridan uy sotib olgan bir qator xaridorlar keyinchalik ruxsat hujjatlari to'liq emasligi, joylashuv aytilgandek bo'lmaganini bilib, shartnomani bekor qilgan. Ammo asosiy savol — nima uchun pul vaqtida qaytarilmayapti?

274 million so'm to'lov qilgan ayolning aytishicha, kompaniya pulni bir oyda qaytarishni va'da qilgan, ammo oradan 10 oy o'tib ham mablag' olinmagan. U kompaniya vakillari bilan uchrashishning o'zi muammo bo'layotganini, ayrim muloqotlarda bosim sezilganini aytadi.

Yana bir xaridor — 100 million so'm to'lov qilgan fuqaro — joylashuv haqidagi noto'g'ri ma'lumot sabab shartnomani bekor qilganini, ammo pulni ololmay bir necha oy qatnagani haqida gapirdi.

Boshqa bir mijoz esa "Imarat Development" reklamalari asosida uy sotib olganini, biroq va'da qilingan qurilish ishlari hozirgacha boshlanmaganini aytadi. Loyiha "sust ketayotgani"dan shikoyatlar ortmoqda.

Mazkur e'tirozlar ommaga chiqqach, Marat Hamdamov muammolarni hal qilishini bildirgan edi. Kompaniya vakili ham ayrim mijozlarga pul qaytarilganini tasdiqladi, ammo qolganlari bo'yicha jarayonlar "yuridik bosqichda" ekani aytildi.

Shu bois savol hanuz ochiq qolmoqda: nima uchun mijozlar pulini olish uchun oylab navbat kutishi kerak?

Norozilik bildirayotganlar soni esa ortib bormoqda. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda pulini talab qilib boranda sog'lig'i yomonlashib, tez yordam chaqirtirgan mijozlar ham ko'rinadi.

Shu orada, Shahzoda Muhammadova holatga munosabat bildirar ekan, o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida "Imarat Development"dan uy xarid qilgan fuqarolardan fikr va munosabatini qoldirishni so'radi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:41

    Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”

    Eron TIV rahbari mamlakat boshqaruv tizimi alohida shaxslarga bog'liq emasligini ta'kidladi.

    'Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:38

    Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    “O‘zgidromet” 26 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:05

    Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi

    Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda.

    'Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:51

    Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi

    Muzeyda rekonstruksiya va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlanishi munosabati bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

    'Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:36

    Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан ниналар маълум?

    'Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:03

    Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi

    Osmonda bir vaqtning o'zida 6 ta sayyora saf tortadi, ulardan 4 tasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.