AsosiyJamiyat

O`zbekiston boks Federasiyasi raisi o`rinbosari Sherzod Toshmatov Osiyo boks federasiyasi vise-prezidenti etib tayinlandi

2017 yilning 17 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida o`tkazilgan Osiyo boks konfederasiyasi (OBK) Ijroiya qo`mitasining har yillik yig`ilishida O`zbekiston boks Federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Sherzod Toshmatov Osiyo boks Federasiyasi vise prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston boks Federasiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Yig`ilish doirasida kadrlar masalasi ham ko`rib chiqildi. Jumladan, qo`mita a`zolari kadrlarni tayinlash, yil yakunlari, 2017 yilda mintaqaviy sport tadbirlarini tashkil etish hamda moliyaviy masalalarni muhokama etdi.

Tokioda bo`lib o`tadigan yozgi Olimpiya o`yinlari-2020 da Osiyo konfederasiyasi tibbiy komissiyasi bilan hamkorlik olib borish va faoliyatini muvofiqlashtirish Sherzod Toshmatovning asosiy vazifalari qatoridan o`rin olgan.

19−20 dekabr kunlari Lozannada (Shveysariya) Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) Ijroiya qo`mitasining navbatdan tashqari qurultoyi bo`lib o`tadi. Unda OBK Ijroiya qo`mitasi a`zolari ham ishtirok etadi.

O`zbekiston boks Federasiyasi Sherzod Toshmatovni qutlab, uning kelgusidagi ishlaridan yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Boshqa yangiliklar