AsosiyJamiyat

Qish-bahorda ichki bozorga 660 ming tonnadan ziyod asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari etkaziladi

“O`zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida bayramoldi savdo yarmarkalari tashkil etildi. 

– Keyingi o`n kun oralig`ida poytaxtimizdagi yirik bozorlarda uch ming tonna atrofida kartoshka, qariyb 100 tonna guruch, 370 tonnadan ortiq piyoz sotildi, – deydi “O`zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi o`rinbosari Ne`matjon Ahmadjonov. – Shuningdek, 550 million so`mlikdan ziyod meva-sabzavot, tovuq go`shti, sut, go`sht va meva-sabzavot konservalari, qandolat mahsulotlari, yormalar, baliq va baliq konservalarini arzon narxlarda aholiga etkazib bermoqdamiz. 

“O`zbekoziqovqatzaxira” uyushmasidan ma`lum qilishlaricha, qish-bahor oylarida ichki iste`mol bozoriga bosqichma-bosqich etkazib berish maqsadida mamlakatimizda 660 ming tonnadan ziyod asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari zaxiraga jamg`arilgan. Jumladan, uyushma tizimidagi savdo-tayyorlov korxonalari omborlariga 100 ming tonnadan ziyod mahsulot g`amlangan. Qariyb 27 ming tonna kartoshka, 16 ming tonna piyoz, 12 ming 600 tonna sabzi, salkam 11 ming tonna meva, 5 ming tonnadan ziyod poliz, 22 ming tonnadan ortiq guruch va dukkakli mahsulotlar shular sirasidandir.

    Boshqa yangiliklar