AsosiyDunyo

Xitoylik kuyov semiz ko`rinishdan qo`rqqan kelinning to`y libosini o`zi kiydi

Xitoyning Sichuan viloyatida bo`lib o`tgan nikoh marosimida semiz ko`rinishdan qo`rqqan kelinning to`y libosini kuyov kiydi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Shuay sevgilisi Ou Syanni qo`llab-quvvatlash maqsadida u bilan to`y libosini almashdi. Kelin kostyum-shimda, kuyov esa oppoq nikoh ko`ylagida mehrob yoniga bordi. Kuyovga to`y libosiga moslab, pardoz qilindi.

“Biz rol almashib, bir-birimizni tushunishimizni, qo`llab-quvvatlashimizni namoyish qildik. Bu er-xotin munosabatlaridagi eng to`g`ri yo`ldir”, dedi Shuay. Tikuvchi kelin libosini kuyovga moslab to`g`rilab berdi.

Boshqa yangiliklar