AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruhito bilan uchrashuvdan boshladi

Xo'sh, ular nimani muhokama qilgan?

'Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini Imperator Naruhito bilan uchrashuvdan boshladi'ning rasmi

19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yaponiya Imperatori O‘zbekiston Prezidentining tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Imperator Naruhitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi. Tomonlar o‘zbek va yapon xalqlarini yaqinlashtirib turuvchi tarixiy aloqalar, mentalitet va oilaviy qadriyatlar mushtarakligini qayd etdi.

Uchrashuvda ta’lim, kadrlar tayyorlash hamda madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasidagi hamkorlik izchil kengayib borayotgani ta’kidlandi. Bugungi kungacha 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis integratsiya amaliyot o‘tagan, 440 nafardan ziyodi stipendiya asosida ta’lim olgan. O‘zbekistondagi yetti universitetda yapon tili o‘qitilmogda.

Shuningdek, Tokioda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, kelgusi yili Yaponiyaning bir nechta shaharlarida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan arxeologik ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Imperator Naruhitoni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

    Boshqa yangiliklar