NBC News xabariga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh Prezidenti Donald Trumpni Eron ballistik raketalar dasturini kengaytiryotgani haqida ogohlantirmoqchi va bunga javoban yangi zarbalar zarurligini asoslab bermoqchi.
Isroil tomoni Tehron ballistik raketalar ishlab chiqarish hajmini oyiga 3 mingtagacha yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Shuningdek, Eron AQSh iyun oyida zarba bergan uranni boyitish ob’ektlarini tiklayotgani haqidagi ma’lumotlar ham xavotir uyg‘otmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Trump va Netanyaxu dekabr oxirida AQShning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashishi mumkin. Ushbu uchrashuvda Eron harakatlari nafaqat Isroil, balki butun mintaqa va AQSh manfaatlari uchun tahdid ekani muhokama qilinishi kutilmqoda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida Eron–Isroil mojarosiga AQSh ham qo‘shilib, Erondagi Fordo, Natanz va Isfahan yadroviy ob’ektlariga zarba bergan edi.






