Xonanda Vohid Abdulhakimning “Turkiston” saroyida bo`lib o`tgan “Omad qushi” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturidan so`ng ham ijoddan to`xtamadi.
Vohid Abdulhakim Zulfiya Mamasiddiq she`ri asosida “Ona faryodi” deb nomlangan yangi qo`shiq kuyladi.
Taronaning musiqasini esa Vohid Abdulhakimning o`zi bastalagan. Xonanda yolg`iz farzandidan ayrilgan onaizorning ko`ngil nolalari bilan qalblarni larzaga soluvchi, xayotdagi real voqealar asosida yaratilgan ushbu taronaga videoklip ham tasvirga oldirdi.





