1

«Sun`iy tishlar saraton sababchisimi?»

Salomatlik 21.12.2016, 10:43
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
«Sun`iy tishlar saraton sababchisimi?»

— Yoshim 42 da. Tishlarimning yuqori qavati mo`rtlashib, joyidan siljib qolgan. Pastki qatordagilaridan esa bir qanchasi tushib ketdi. Bo`sh qolgan tish o`rnini sun`iysi bilan to`ldiraymikan desam, odamlar orasidagi implant tish saratonga sabab bo`lishi mumkin degan so`zlarni eshitib qoldim. Chindan ham shunday bo`lishi mumkinmi? Umuman implant tishlar qanday xom-ashyodan tayyorlanadi?

Quvondiq Mamarasulov, Toshkent viloyati

Savolga shifokor stomatolog Ulug`bek MUHAMMADXO`JAEV javob beradi:

— Tish implantlari saratonni paydo qiladi degan gaplar mutlaqo asossiz! Sun`iy tishlar tibbiyotda keng qo`llaniladigan titandan yasaladi. Titan inson organizmi yaxshi qabul qiladigan, 95 foizga begonasiramaydigan xom – ayoshdir. Implant tish jag` suyaklariga qo`yilib, shakli tish ildiziga o`xshash bo`ladi. Bugunga kelib, o`zimizda ishlab chiqarilayotgan implantlar sifat jihatdan jahon standartlariga to`liq javob beradi.  Sun`iy tishlar turlicha bo`lib, jag` suyagining yupqa yo qalinligiga qarab tanlanadi. Jag` suyagi yupqa bo`lgan holatlarda tekis, yapaloq implantlar qo`yiladi. Tibbiyotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi implantalogiya sohasida ham aks etmoqda. Ingichka va atrofiyaga uchragan jag` suyaklari suyak kukuni yordamida o`stirilib, kengaytirilib tish ildiziga o`xshagan shakldagi implantlar ekilmoqda va amaliyot to`liq o`zini oqlamoqda.  Yo`qotilgan tishlar o`rnini tiklab, 100 foizgacha chaynov va estetik ko`rinishni tiklashning eng optimal usuli hisoblangan implant tishlar yaxshi bitib joylashganida 25 yilgacha xizmat qiladi. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1