AsosiySport

Ronaldo Qizil dengiz sohilidan ikkiеф villa xarid qildi.

Ushbu maskanga faqat charter qayiq yoki gidrosamolyot orqali yetib borish mumkin.

'Ronaldo Qizil dengiz sohilidan ikkiеф villa xarid qildi.'ning rasmi

Portugaliya terma jamoasi sardori Kristianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodriges Qizil dengiz hududida joylashgan The Red Sea Residences majmuasidan ikki hashamatli villani sotib oldi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, ushbu maskanga faqat charter qayiq yoki gidrosamolyot orqali yetib borish mumkin bo'lib, u yuqori darajadagi maxfiylik va xotirjamlikni ta'minlaydi.

Ronalduning aytishicha, Qizil dengizning betakror tabiati ularni ilk tashrifdayoq o'ziga rom etgan.

Nashrga ko'ra, juftlik bu yerda bir necha yildan buyon hordiq chiqarib kelgan va endilikda uch xonali hamda ikki xonali ikkita villaga egalik qilgan.

Ushbu qaror oilaning tinch muhitda, begona nigohlardan yiroqda dam olish istagi bilan bog'liq ekani ta'kidlanmoqda.

The Red Sea Residences rahbariyati Ronaldu oilasining tanlovi hududning hashamat, tabiat va maxfiylik uyg'unligini yana bir bor namoyon etganini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar