1

Bo`g`imlarni qanday asrash kerak?

Salomatlik 21.12.2016, 11:29
Teglar: Salomatlik
Bo`g`imlarni qanday asrash kerak?

Oyoq-qo`llarda tez-tez takrorlanuvchi og`riqlar, bo`g`im ustki qismidagi teri qavatining qizarishi, shish hosil bo`lishi... Bu kabi belgilar ortiqcha bezovtalik uchun ahamiyatsizdek tuyulsa-da, aslida jiddiy kasallikning boshlanishidir. Mazkur holatlarning muntazam takrorlanishi tibbiyotda artrit deb yuritiladi.

Artrit — bo`g`imlardagi yallig`lanish bo`lib, infeksion kasalliklar (sil, terlama), bo`g`imlarning shikastlanishi, surunkali xastaliklar (murtak bezlari, o`rta quloq, burun, yondosh bo`shliqlarning yallig`lanishi, kasallangan tishlar) natijasida yuzaga keladi. Bitta bo`g`imning yallig`lanishi monoartrit deyilsa, ikki va undan ortig`i poliartrit nomi bilan yuritiladi.

Dastlabki belgilar

Odatda kasallik boshlanishi bir necha ko`rinishlarda kechadi. Ya`ni bo`g`imlardagi kutilmaganda birdaniga yuz beruvchi yoki vaqti-vaqti bilan bezovta qiluvchi og`riqlar bilan kuzatiladi. Biroq kasallik asl ko`rinishini olgach, bir necha belgilarning baravar boshlanishi bilan ifodalanadi. Jumladan:

  • og`ir yuk ko`targanda yoki tez-tez harakatlanganda zararlangan bo`g`imda og`riq kuzatilishi;
  • holsizlik, tez toliqish;
  • zararlangan bo`g`imda vaqti-vaqti bilan yoki tez-tez takrorlanuvchi harakatlanish tizimidagi cheklanish holatlari;
  • og`riq berayotgan bo`g`imning teri ustki qavatida shish, teri qizarishi;
  • ba`zan tana haroratining ko`tarilishi;
  • yallig`langan bo`g`im sohasida suyuqlik (ekssudat) yig`ilishi…

Nimadan kelib chiqadi?

Kelib chiqish sababiga ko`ra artritning bir necha ko`rinishlari mavjud.

Distrofik artrit (osteartroz) — organizmda moddalar almashinuvining buzilishi natijasi, ko`pincha bo`g`imlarda tuz yig`ilishidan yuzaga keladi. Kasallik xuruj qilganda bo`g`imlarda achishish bilan birga kechuvchi og`riq kuzatiladi. Uning kelib chiqish sababi tana vaznining ortishi, muntazam og`ir jismoniy zo`riqishga bog`liq bo`lib, tog`ay suyaklari tuzilishining buzilishi bilan kuzatiladi.

Infeksiya ta`siridagi (reaktiv) artrit patogen mikroorganizmlar (virus, bakteriya, zamburug`lar) ta`sirida bo`g`imning zararlanishi bo`lib, ko`pincha siydik yo`li, ichaklar hamda tomoqdagi yallig`lanish ta`sirida yuzaga keladi. Ya`ni yallig`lantiruvchi infeksiyalar bo`g`imlarga ta`sir o`tkazib, zararlantiradi.

Jarohat asoratidagi artrit yiqilish, lat eyish sabab bo`g`imlarga etkazilgan jarohat ta`sirida yuz berishi mumkin. Qolaversa, muntazam og`ir mehnat faoliyati yoki jismoniy zo`riqish ham bo`g`imlarga og`irlik qiladi.

Revmatoid artrit asli bo`g`im kasalligi bo`lib, qondagi antitanalar organizmdagi biriktiruvchi to`qimalar, shu jumladan, bo`g`imlarni zararlashi natijasida kelib chiqadi. Kasallikning yuzaga kelish sababi surunkali infeksion xastaliklar asoratidan yoki nasliy moyillikdan bo`lishi ham mumkin. Biroq ayrim hollarda kasallikning asl sababini aniqlash imkoni bo`lmaydi. Artritning bu turida oyoq-qo`llarda karaxtlik seziladi.

Tashxis

Bordiyu bo`g`imlardagi og`riq bir-ikki xaftada o`tib ketmay, zo`rayib borsa, alabtta shifokorga murojaat eting. Bu borada revmatolog yoki ortoped-travmatolog kabi mutaxassislar shug`ullanadi. Kasallik sababi va qaysi turga mansubligini aniqlash uchun shifokor tomonidan quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi:

  • bemorning yoshi, umumiy ahvoli surishtiriladi;
  • umumiy qon tahlili (qondagi eritrositlarning cho`kish tezligi, leykositlar miqdori aniqlanadi);
  • suyak va bo`g`imlarning rentgen tekshiruvi;
  • zarur hollarda bo`g`im ichki suyuqligining tahliliy tekshiruvi;
  • agar bo`g`im katta bo`lib, rentgen orqali aniq tashhis qo`yishning iloji bo`lmasa, magnitli-rezonans tomografiya hamda kompyuter tomografiyasi o`tkazilishi mumkin.

Davo choralari

Bu artritning turi va sabablariga ko`ra belgilanadi. Masalan, reaktiv artritda yallig`lanish o`chog`i aniqlanib, asosiy muolaja shu sohaga qaratiladi. Bunda kerakli preparatlar buyurilishi mumkin. Organizmdagi zararli infeksiyalar chiqarib yuborilgach, bo`g`imlardagi shish ham asta-sekin tarqaydi. Biroq kasallik belgilariga bee`tibor bo`lib, o`z vaqtida shifokorga murojaat qilinmasa, artrit avj olib, og`ir va sunukali tusga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas.

Artritga chalinmaslik uchun...

  • Nosog`lom turmush tarzidan voz keching;
  • qahvani suiiste`mol qilmang;
  • salomatligingizni dom nazorat qiling va ortiqcha vazndan saqlaning;
  • taomnomangizga baliq va sabzavotlardan ko`proq kiriting;
  • sport turlari, ayniqsa, suzish bilan shug`ullanishga harakat qiling.

Oliy toifali shifokor-revmatolog Zebo DONOQULOVA tavsiyalari asosida

Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1