AsosiyJamiyat

Dog‘istonlik MMA jangchisi 20 yoshli qizni kaltaklashda gumonlanmoqda

Dog‘istonlik MMA jangchisiga nisbatan tanish bo‘lgan 20 yoshli qizni shafqatsizlarcha kaltaklash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Dog‘istonlik MMA jangchisi 20 yoshli qizni kaltaklashda gumonlanmoqda'ning rasmi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sportchi qizning oldiga pichoq va izolyatsiya lentasi bilan kelgan. U jabrlanuvchini bog‘lab, bo‘g‘ishga uringan hamda taxminan to‘rt soat davomida do‘pposlagan.

Shuningdek, qizning onasini o‘ldirish va oila a’zolariga zarar yetkazish bilan tahdid qilgani aytilmogda.

Jabrlanuvchi o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Gumonlanuvchi esa Moskvada qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar