AsosiyJamiyat

Besh yillik jinoyat fosh etildi

So‘nggi besh yil davomida moddiy qiynalgan ayol-qizlarni aldab, Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natib kelgan jinoyiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.

'Besh yillik jinoyat fosh etildi'ning rasmi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Istanbul shahrida odam savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan uyushgan jinoyiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergovga ko‘ra, 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan ayol 2020 yildan buyon Turkiyadagi mehmonxonalarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun qizlar bilan ta’minlab kelgan va guruh yetakchisi bo‘lgan.

Jinoyiy guruh a’zolari yuqori maosh va’dasi bilan ayol-qizlarni Turkiyaga olib borib, u erda ularning pasportlarini tortib olib, majburiy ravishda fohishalikka undagan. Shuningdek, 1988 yilda tug‘ilgan shaxs Samarqandda moddiy tomondan qiyinlangan ayol-qizlarni topib berib, har bir yuborilgan shaxs uchun 400 AQSh dollari olgani aniqlangan.

Tezkor tadbirlar davomida Toshkent xalqaro aeroportida Turkiyaga jo‘natilayotgan ikki nafar ayol to‘xtatib qolingan. Hozirda jinoyiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:45

    '9-sinf bitiruvchilari fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishiga qarab saralab olinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:37

    9-sinf bitiruvchilari fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishiga qarab saralab olinadi

    Oliygohlarga kirish istagida bo'lmagan yoshlar texnikumlarga yuboriladi.

    'Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahlliga ko‘ra, sifatli yo‘llar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:31

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahlliga ko‘ra, sifatli yo‘llar iqtisodiyotimizning kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi

    Toshkent – Samarqand, Toshkent – Andijon, Toshkent – Bo‘stonliq, Pung‘on – Namangan va Qarshi – Shahrisabz yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan 800 kilometr yo‘llar qurilishi boshlanadi.

    'Toshkentning yangi yil archasi dunyo reytingidan joy oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:25

    Toshkentning yangi yil archasi dunyo reytingidan joy oldi

    Shahar hokimligi ma'lum qilishicha, archaning balandligi 35 metr bo'lib, poytaxtimizni yirik megapolislarga qo'shadi.

    'Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026 yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026 yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi.

    Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi.

    'O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniklagan yulduzlardan xabar olib keladi — Shavkat Mirziyoyev'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:14

    O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniklagan yulduzlardan xabar olib keladi — Shavkat Mirziyoyev

    Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi.