Qirg‘iziston prezidenti Sadi Japarov tergovgacha hibsda saqlash sharoitlari haqidagi shikoyatlarga javoban tergov hibsxonasi “kurort emas” ekanligini eslatdi, deya yozmoqda "zamon.uz".
“Men o‘zim ikki yilni sudgacha hibsda o‘tkazdim: birinchi marta to‘qqiz oy, ikkinchi marta uch yarim yil. Shikoyat qildimmi? Yo‘q, men bunga chidaddim, chunki bu sudgacha hibsxona edi”, — dedi Japarov.
Prezident shuningdek, jazoni ijro etish tizimidagi yaxshilanishlarni qayd etdi. “Ilgari odamlar qamoqxonada korrupsiyaga berilib ketishardi, ammo endi sharoitlar yaxshilandi. Mahbuslar kuniga uch marta bepul ovqat, kiyim-kechak va yoz hamda qish uchun bir hil forma bilan ta’minlanadi. Ular ishlaydi va ba’zilari hatto uylariga pul jo‘natadi”, — deya qo‘shimcha qildi Japarov.
Sadi Japarov ikki marta sudgacha hibsda saqlanganini eslatib, asosiy jinoyiy ish 2013 yilda Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tgan voqealar bilan bog‘liqligini, 2020 yilda ommanaviy norozilik namoyishlari paytida ozod qilinishini va 2021 yilda Qirg‘iziston prezidenti etib saylanganini ma’lum qildi.





