AsosiyDunyo

Jonli efirda prezidentni haqorat qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

Amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu fuqaro Ozarbayjonda qo‘lga olindi.

'Jonli efirda prezidentni haqorat qilgan shaxs 4 yilga qamaldi'ning rasmi
Qashqadaryoning Kitob tumanida tug‘ilgan, hozirda Navoiy shahrida istiqomat qilayotgan A.Yu. shu yilning fevral oylarida Qozog‘istonning Olmaota shahrida yurgan paytida sarxush holda TikTok platformasi orqali jonli efirga chiqib, davlat rahbarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, o‘ta qo‘pol, axloqsiz tarzda turli xil ko‘rinishdagi uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilgan chiqishi ayrim qo‘shtirnoq ichidagi bloggerlar ko‘magida butun jahon ijtimoiy tarmoqlarida aylandi. Mazkur video jamiyatda qattiq rezonans hodisasini paydo qilib, vatandoshlarimizning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Chet davlatlarida bo‘lish muddati tugagan A.Yu. Turkiya, so‘ng Ozarbayjonda bo‘lib, bir muddat qilmishlari unutilishini kutdi. Ammo qonun ustuvor, jazo muqarrar. Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Yu. aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olindi.

"Men, 2023 yil fevral oyida Sherxon nomli Tiktok profilimda yurtboshimizni haqorat qilganman. Yurtboshimizdan, xalqimizdan, hammadan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman. Men bilmagan holatda bu gaplarni gapirib qo‘yganman. Qaytib hech qachon bu gapni gapirmayman. Iltimos, meni kechirishlaringizni hammadan so‘rayman," - dedi sudlanuvchi.

U O‘zbekistonda yashagan vaqtlari ham o‘g‘rilik, bezorilik kabi jinoyatlarni sodir etgan va insonparvarlik tamoyili asosida uni axloq tuzatish bilan jazolagan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, A.Yu. JKning 158-moddasi uchinchi qismi bilan aybli deb topildi va 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar