Toshkent shahrida kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 6–8 daraja, kunduzi 15–17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin, harorat kunduzi 5–10 daraja atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayishi mumkin, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati va Samarqandda kechga tomom yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, kunduzi 13–18 daraja iliq kuzatiladi.
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Surxondaryoda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo asosan quruq bo‘lib, ayrim joylarga tuman tushadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.






