AsosiyJamiyat

Toshkentda o‘zini distribyutor sifatida tanitib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali katta daromad va'da qilgan gumonlanuvchi juda ko'p miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

'Toshkentda o‘zini distribyutor sifatida tanitib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxs qamoqqa olindi'ning rasmi

Toshkent shahrida fuqarolarni katta miqdorda pulga aldab kelgan shaxs qo‘lga olindi. Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zini distribyutor va tadbirkor sifatida tanitgan Xayrullo Shokirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1986 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi Instagram, Telegram va YouTube’dagi “Xayrullo Shokirov” nomli sahifalar orqali o‘zini yirik distribyutor sifatida ko‘rsatib, chet eldanor sharbati va salqin ichimliklar olib kirib, ularni O‘zbekistondagi savdo nuqtalariga yetkazib berish vakolatiga ega ekani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan. U fuqarolarga yuqori daromad ulushini va’da qilib, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan tergov olib borilmogda. Xayrullo Shokirov gumonlanuvchi sifatida ishga jalb etilib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Poytaxt IIBB mazkur shaxs harakatlaridan jabr ko‘rgan yoki holat yuzasidan ma’lumotga ega fuqarolardan 102 qisqa raqami yoki tergov boshqarmasining 71-206-40-99 va 71-206-42-52 telefonlari orqali murojaat qilishni so‘radi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:40

    Isroil "dunyoning eng obroʻsiz mamlakati" deb eʼlon qilindi

    2025 yil global brend reytingida Isroil oxirgi o‘rinni egalladi, mamlakatning xalqaro obro‘yi keskin pasaygan.

    'Lukashenko xokkey o‘yini vaqtida jarohat oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    Lukashenko xokkey o‘yini vaqtida jarohat oldi

    Belarus prezidenti Minskdagi "Olimpik-Arena"da boʻlib oʻtgan xokkey oʻyinida yiqilib, orqa mushaklarini shikastladi.

    'Oʻzbekistonda Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:33

    Oʻzbekistonda Fanlar akademiyasi jamgʻarmasi tashkil etiladi

    Yangi jamgʻarma ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, yosh olimlarni jalb qilish va ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni moliyalashtirishga xizmat qiladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:35

    'Andijonda Lacetti daraxtga urilib, yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:32

    Andijonda Lacetti daraxtga urilib, yonib ketdi

    Hodisa viloyatning Olmako‘l tumanida sodir bo‘lgan.

    'Putinni tinchlikka faqat Trump majbur qila oladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:52

    Putinni tinchlikka faqat Trump majbur qila oladimi?

    NATO Bosh kotibi Trump Ukrainadagi urushni tugatishga qodir yagona shaxs ekanini aytdi.